AsosiyDunyo

Qozog‘istondan Rossiyaga jo‘natilgan tovuq go‘shtida xavfli bakteriya borligi aniqlandi

Yetkazuvchi korxona O‘zbekiston va Qirg‘izistonni ham mahsulot bilan ta’minlaydi.

'Qozog‘istondan Rossiyaga jo‘natilgan tovuq go‘shtida xavfli bakteriya borligi aniqlandi'ning rasmi

 Qozog‘istondan Rossiyaga yuborilgan tovuqda listeriya bakteriyasi aniqlandi. Bu haqda Rosselxoznadzor xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaga go‘shtni yirik tovuq ishlab chiqaruvchisi “Makinskaya ptitsefabrika” yetkazib beradi. Bu korxona O‘zbekiston va Qirg‘izistonni ham mahsulot bilan ta’minlaydi.

Qayd etilishicha, bakteriya organizmga tushganda o‘limga olib kelishi mumkin.  Hozirda go‘sht musodara qilingan, Qozog‘istondan keltirilgan mahsulotlar esa kuchaytirilgan tartibda nazoratga olingan. 

    Boshqa yangiliklar