AsosiyJamiyat

Farg‘onada inspektor boshqaruvidagi “BYD”ga urilgan “Damas”ning 17 yoshli haydovchisi vafot etdi

YPX xodimi mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotgan bo‘lgan.

'Farg‘onada inspektor boshqaruvidagi “BYD”ga urilgan “Damas”ning 17 yoshli haydovchisi vafot etdi'ning rasmi

Oltiariq tumanida o‘limli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi. 

Joriy yilning 30 yanvar kuni o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli “BYD Song EV” rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 149-son Qarori asosida YPX inspektori, safdor R.Q. tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli (ustozi A.S. voyaga yetmagan X.N.ning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini bila turib, avtomobilni unga bergan) “Damas”rusumli avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz  boshqarib, "Qapchug‘ay" mahallasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada, “Damas” avtomashina haydovchisi X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 


    Boshqa yangiliklar