"Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi.
Ipakchilik qo‘mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo‘mita va vazirliklarga o‘tkaziladi:
- yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;
- pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga;
- Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo‘mitasi tizimiga;
- Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga.