AsosiyJamiyat

O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

Bu ikki mamlakat fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.

'O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda'ning rasmi

 O‘zbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA.

Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

ID-kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.

Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 20:33

    O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi

    DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.

    'Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 20:22

    Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi

    Deputatning gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatmaslikka chaqirig‘i keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

    'Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 20:02

    Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi

    Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

    '“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 19:04

    “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi

    Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi.

    'O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 18:58

    O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi

    Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi .

    'Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 15:13

    Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    Ushbu nufuzli anjuman Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladi.