“Hududgazta’minot” AJ rasmiy xabariga ko‘ra, "UzGazTrade” AJ tomonidan gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi yuzasidan ogohlantirish berilgan.
Qayd etilishicha, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanligini inobatga olgan holda 3-fevral kuni ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritilgan.
Ayni vaqtda avariya holati bartaraf etilgan va gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.