Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdpgi sahifasida Meksika prezidenti bilan “do‘stona” suhbat bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
"Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSH chegarasida narkotik moddalar kontrabandasi va noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish uchun 10 ming nafar harbiy jo‘natishga va’da berdi. Meksika mahsulotlariga bojxona tariflarining keyingi taqdiri ushbu davlat hukumati bilan AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Moliya vaziri Skott Bessent va Savdo vaziri Govard Lyutnik ishtirokida muhokama qilinadi. Men bu muzokaralarda ishtirok etishni intiqlik bilan kutayapman", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.