AsosiyJamiyat

Qirg‘izistonga O‘zbekistondan marshrut yo‘lga qo‘yildi

Endilikda Kosonsoy chegara postidan Osh markaziga, Oshdan esa Kosonsoyga doimiy ravishda qulay narxlarda avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

'Qirg‘izistonga O‘zbekistondan marshrut yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

Bugun, 5 fevral kuni “Savanna” xalqaro turizm va transport kompaniyasi tashabbusi bilan viloyatda yagona bo‘lgan “Kosonsoy” – “Osh” yo‘lovchi tashish marshruti yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Kosonsoy tumani hokimligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, Kosonsoy chegara postidan Osh markaziga, Oshdan esa Kosonsoyga doimiy ravishda qulay narxlarda avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar