AsosiyDunyo

AQSH va Isroil BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi

Trampga ko‘ra, BMT o‘z vazifasini to‘liq bajarmayapti.

'AQSH va Isroil BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi'ning rasmi

 Tramp AQSHni BMT Inson huquqlari kengashidan chiqarish to‘g‘risida farmonni imzoladi.  Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi Falastin qochqinlariga yordam beruvchi BMT agentligini (UNRWA) moliyalashtirishni taqiqladi.

Bundan tashqari, Tramp AQSHning YUNЕSKO va BMTdagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Uning aytishicha, BMT yaxshi boshqarilmayapti  va tashkilot o‘z vazifasini to‘liq bajarmayapti.

Shundan so‘ng Isroil ham bu kengashdan chiqdi. 

"BMT Inson huquqlari kengashi inson huquqlarini buzuvchilarni nazoratdan qochishlariga imkon berish orqali himoya qiladi va buning o‘rniga Yaqin Sharqdagi yagona demokratiya - Isroilni yomonotliq qiladi", — deya qarorga izoh berdi Isroil TIV rahbari. 

Vazir, shuningdek, BMT Inson huquqlari kengashini "antisemitizmni targ‘ib qilishda" aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kengash Isroilni qoralovchi 100 dan ortiq rezolyutsiya qabul qilgan. 

"Bu BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan qabul qilingan barcha rezolyutsiyalarning beshdan bir qismi bo‘lib, Eron, Kuba, Shimoliy Koreya va Venesuelaga qarshi qabul qilingan rezolyutsiyalardan ko‘p", — deya qo‘shimcha qildi Isroil Tashqi ishlar vaziri. 

    Boshqa yangiliklar