AsosiyDunyo

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Rossiyada “nazorat qilinadigan shaxslar reyestri” ishga tushdi.

'Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda'ning rasmi

 5 fevraldan boshlab Rossiya hududida IIV tomonidan yuritiladigan «nazorat qilinadigan shaxslar reyestri» faoliyat ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha reyestrga migratsiya qonunchiligi sohasida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari kiritilgan. Mazkur me’yoriy hujjatga muvofiq, reyestrga kiritilgan chet el fuqarolari Rossiyadan chiqib ketishlari yoki 2025 yil 1 yanvardan 30 aprelgacha bo‘lgan davrda o‘zlarining huquqiy maqomlarini hal qilish uchun o‘zlari istiqomat qilib turgan joydagi Rossiya IIVning hududiy organiga yoki «PVS» (pasportno-vizoviy servis) federal davlat unitar korxonasining filialiga murojaat qilishlari shart.

Shuningdek, Moskva shahrida joylashgan chet elliklar uchun «Saxarovo» ko‘p funksiyali migratsiya markaziga murojaat qilishlari talab etiladi.

Ma’lum qilinishicha, «Amnistiya» davrida ushbu farmonga binoan, chet el fuqarolariga nisbatan Rossiya hududidan chiqarib yuborish, maxsus saqlash muassasalarga joylashtirish va keyinchalik Rossiya hududiga kirishni cheklash bilan bog‘liq choralar qo‘llanilmasligi ta’kidlanmoqda.

Nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan chet el fuqarolariga quyidagilar taqiqlanadi:

  • ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • nikoh tuzish;
  • yuridik tashkilot yoki firmalarni tashkil etish va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
  • bank hisob raqamlarini ochish va bank operatsiyalarini bajarish;
  • transport vositalarini boshqarish.

Rossiya hududida noqonuniy yurgan voyaga yetmagan chet el fuqarolarni ta’lim muassasalari (maktablar va bolalar bog‘chalari)ga qabul qilish ham mumkin bo‘lmaydi.

Elchixona Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida, ularni huquqiy holatini zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishga chaqiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hind kinosi afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:45

    Hind kinosi afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi

    U bir necha hafta muayyan salomatlik muammolari sabab davolanib kelayotgan edi.

    'Qirgʻizistonda qulagan qon ostida qolgan toʻrt konchi tirik holda qutqarib olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:45

    Qirgʻizistonda qulagan qon ostida qolgan toʻrt konchi tirik holda qutqarib olindi

    Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    'Buxoroda IIV xodimi oila aʼzolari bilan birga nomaʼlum moddaning taʼsiridan halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:12

    Buxoroda IIV xodimi oila aʼzolari bilan birga nomaʼlum moddaning taʼsiridan halok boʻldi

    Buxoro shahridagi koʻp qavatli uyda yashagan ichki ishlar xodimi, uning turmush oʻrtogʻi va ikki qizi vafot etdi.

    'Yevropa Ukraina uchun 27 bandli tinchlik rejasini tayyorladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:57

    Yevropa Ukraina uchun 27 bandli tinchlik rejasini tayyorladi

    Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya AQShning tinchlik rejasiga alternativ variantni taklif qildi.

    'O'zbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinishi kutilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:18

    O'zbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinishi kutilmoqda

    Malakalarni tan olish bo‘yicha Global konvensiya ratifikatsiyasi natijasida oliy ta’lim diplomlari xalqaro tan olinish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    'Yamanda Isroilga josuslik ayblangan 17 kishi qatl etiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:32

    Yamanda Isroilga josuslik ayblangan 17 kishi qatl etiladi

    Husiylar sudi AQSh, Isroil va Sauudiya Arabistoni razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda ayblangan guruhga hukm chiqardi.