AsosiyJamiyat

Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

DXX tomonidan bir nechta faol tadbirlar o‘tkazildi.

'Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi'ning rasmi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda bir nechta faol tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi. 

Jumladan, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 2003 y.t. fuqaroning yoni hamda yashash xonadonidan jami 2 kg. 992 gr. “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs Tojikiston Respublikasidan olib kelingan ajal og‘usini Farg‘ona viloyatida yashovchi mijozlarga sotishni rejalashtirgan.

Boshqa holatda esa Qo‘shtepa tumanida vaqtincha yashovchi, 1984 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar muqaddam sudlangan sheriklari  bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga borib, yo‘lning qatnov qismi chetiga tojikistonlik narkosavdogarlar yashirib ketgan 1 kg. 977 gr. “gashish” moddasini olib, ortga qaytayotgan vaqtlarida Namangan viloyatining Pop tumanida qo‘lga olindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu zahri qotilni Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari hamda Oltiariq tumanida yashovchi xaridorlarga sotishni rejalashtirishgan.

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi, 2003 y.t. muqaddam sudlangan shaxs va uning 2004 y.t. turmush o‘rtog‘i ushlanib, ulardan 1 kg. 924 gr. “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlanishicha, ushbu ajal og‘usi ham Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan yana bir holatda 1988 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxsga tegishli “Kombi” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 966 gr. “gashish” hamda 976 gr. “opiy” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:43

    'Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    'Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 21:12

    'Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 20:26

    Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

    So‘ng davlatimiz rahbari oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yo‘l oldi.

    'Samarqanddan uchgan Rossiya samolyoti nosozlik tufayli aeroportga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 19:54