AsosiyDunyo

KXDR o‘z fuqarolarini Rossiyadagi qurilishlarga yubormoqda

2024 yilda mamlakatga 13 ming shimoliy koreyalik kelgan.

'KXDR o‘z fuqarolarini Rossiyadagi qurilishlarga yubormoqda'ning rasmi

2024 yilda minglab shimoliy koreyaliklar Rossiyaga qurilish ishlarida ishlash uchun yuborilgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

“Bu KXDRga fuqarolarini xorijga ishlash uchun yuborishni taqiqlagan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga zid. Biroq Moskva va Pxenyan bu taqiqni aylanib o‘tish maqsadida ishchilarga talabalik vizasi berish yo‘lidan bormoqda”, deyiladi xabarda.  

Rossiya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga 13 221 shimoliy koreyalik kelgan, bu oldingi yilga nisbatan 12 barobar ko‘p. Ularning 7887 nafari Rossiyaga tashrif maqsadini ta’lim olish deb ko‘rsatgan.

    Boshqa yangiliklar