AsosiyJinoyat

Toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik qiz 10 sutkaga qamaldi

U sudda o‘ziga nisbatan mahalliychilik qilgan haydovchisiga javob qaytarganini ma’lum qilgan.

'Toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik qiz 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik qiz Toshkent shahri aholisini uyatli so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. 

Mahalla raisining davosi bilan ushbu ish bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqidagi sud qarori darakchi.uz ga taqdim etildi. 

Jabrlanuvchilar videoda aytilgan so‘zlarni o‘zlariga nisbatan haqorat deb qabul qilishganini ma’lum qilishdi.

Qiz asli Surxondaryolik bo‘lib, hozirda institutning 3-kurs talabasi. U sudda aybiga iqror bo‘lib, 2025 yil 5 fevral kuni tarqalgan video aslida bir oy oldin joylanganligini va 5 daqiqada olib tashlaganini, bundan tashqari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi yopiq ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga nisbatan mahalliychilik qilgan taksi haydovchisiga toqat qilolmay shu gaplarni aytib chiqqan.

Haydovchi qizga viloyatliklar "mol" ekanliklarini va ular bugungi Toshkentdagi tirbandlikka sababchi ekanliklarini ro‘kach qilib, haqoratli so‘zlar aytgan.

Sud majlisida qizning aybi, uning aybiga iqrorligi, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari va boshqa dalillar bilan isbotlangani ma’lum qilindi. Unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.

    'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 12:11

    Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

    Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 07:54

    Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

    Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.