2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 900 mingtaga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi bir yil davomida mamlakatda jismoniy shaxslar tasarrufidagi avtotransport vositalari soni qariyb 345 mingtaga ko‘paygan.
Statistikaga ko‘ra, avtotransport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi. Ular soni 4 million 552,3 mingtani tashkil qilgan.
Shuningdek, mamlakatda 330,3 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus transport vositasi hamda 5,8 mingta avtobus jismoniy shaxslar nomida ro‘yxatdan o‘tgan.
Shu tariqa, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari umumiy soni 5 millionlik marraga yaqinlashgan.






