AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi

Ushbu forum Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunida o‘tkazildi.

'Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi'ning rasmi

Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunida O‘zbekiston olima ayollari ishtirokida forum o‘tkazildi. Unda Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar.

- Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi, — deydi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek u mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanishini ma’lum qilgan.

- Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Boshqa yangiliklar