AsosiyDunyo

Qirg‘izistonda yangi madhiya tanlovi o‘tkazilmoqda

Madaniyat vazirligi davlat madhiyasining matni va musiqasining yangi tahriri bo‘yicha eng yaxshi loyihalarni tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgan.

'Qirg‘izistonda yangi madhiya tanlovi o‘tkazilmoqda'ning rasmi

Qirg‘izistonda yangi madhiya tanlanmoqda. Madaniyat vazirligi davlat madhiyasining matni va musiqasining yangi tahriri bo‘yicha eng yaxshi loyihalarni tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgan. Ishtirok etish uchun bastakorlar, shoirlar, musiqachilar va ijodiy guruhlar taklif etiladi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni olgan g‘olibga 1,5 million som beriladi. Arizalar shu yilning 20 martiga qadar qabul qilinadi. 

Madaniyat vazirining o‘rinbosari Timurlan Ajimaliyevning aytishicha, tanlovdan maqsad – xalq birligi, tarixiy merosi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan san’at asarini yaratishdan iborat. 

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Turgunbek uluu davlat madhiyasini o‘zgartirish kerakligini aytgan edi. 

Uning aytishicha, amaldagi madhiyani ijro etish qiyin. U madhiya shu yilning 25 apreligacha qablu qlinishini aytagn.

Avvalroq, 2023 yil dekabrida Qirg‘iziston bayrog‘iga kichik o‘zgartirishlar kiritilgan edi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar