AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

YTH oqibatida maktab o‘quvchisi shifoxonaga yetkazilgan.

'Toshkentda Nexia haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi'ning rasmi

Toshkentning Yunusobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida maktab o‘quvchisi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 11 fevral kuni soat 12:20 da 260-maktab ro‘parasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Nexia-3 haydovchisi B.Z. (1993 yilda tug‘ilgan) S.S. ismli bolani (2015 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

YTH oqibatida maktab o‘quvchisi shifoxonaga yetkazilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tergov ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar