Yevropa Ittifoqi parlamenti “Gruziyadagi siyosiy vaziyatning yomonlashuvi to‘g‘risidagi” rezolyutsiyani qabul qildi. Ma’lum bo‘lishicha, hujjatda Salome Zurabishvili mamlakatning “qonuniy prezidenti” deb tan olingan.
Yevrodeputatlar Gruziyadagi 2024 yilgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, “Gruziya orzusi” partiyasi tomonidan shakllantirilgan hokimiyat organlarini, shu jumladan, prezident lavozimiga tayinlangan Kavelashvilini tan olinmasligini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Yevroparlament xalqaro hamjamiyatni ularni boykot qilishga, shuningdek, ularga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirmoqda.