AsosiyDunyo

Ukrainada saylovlar 2025 yil 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Markaziy saylov komissiyasi saylovchilar reyestriga o‘zgartirishlar kiritishni boshlagani aytilmoqda.

'Ukrainada saylovlar 2025 yil 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenko Ukrainada saylovlar 2025 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu ma’lumotni Prezident ofisidagi manbalardan, huquqni muhofaza qilish organlaridan hamda hozirda saylov byulletenlarini tayyorlash ustida ish olib borayotgan “Ukraina” bosmaxonasidan olgan.

"Manbalarimizga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi saylovchilar reyestriga o‘zgartirishlar kiritishni boshlagan. Shuningdek, Adliya vazirligi Berlinda birinchi ofisini ochmoqda. Bunday harakatlar faqat saylovlarga tayyorgarlik uchun qilinishi mumkin", — deya aniqlik kiritgan sobiq prezident.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Ukrainada saylovlarning bo‘lib o‘tishi Trampning “tinchlik rejasi” loyihasida ham tilga olingan edi. Ushbu rejaga ko‘ra, prezidentlik saylovi avgust oxirida, parlament va mahalliy kengash saylovlari esa 26 oktyabrda o‘tkazilishi kerak.

    Boshqa yangiliklar