AsosiyDunyo

HAMAS G‘azo sektorini Falastin ma’muriyatiga topshirishga tayyorligini bildirdi

HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr bosimi ostida qabul qilgan.

'HAMAS G‘azo sektorini Falastin ma’muriyatiga topshirishga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

HAMAS harakati G‘azo sektorini boshqarishni Falastin milliy ma’muriyatiga topshirishga tayyor. Bu haqda manbaga tayanib, Sky News Arabia xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr bosimi ostida qabul qilgan. Tegishli qaror haqida Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbariyatiga maktub yo‘llangan. HAMAS bu borada o‘z shartlarini ham qo‘ygan. Jumladan, ularning barcha davlat xizmatchilari yangi ma’muriyat tarkibiga kiritilishi va ularga pensiya to‘lovi kafolatlanishi kerak.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas avvalroq mamlakat “o‘z mavjudligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan” Falastin davlatining tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi. AQSH maxsus vakili Stiv Vitkoffning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi va garovga olingan isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha muzokaralar shu hafta davom etadi. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi tirik qolgan barcha isroillik mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:40

    'Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi'ning rasmi

    Dunyo 14.04.2026 04:50

    Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

    Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

    'Orban davri Peter Madyarning Vengriya saylovidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.04.2026 07:02

    Orban davri Peter Madyarning Vengriya saylovidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi

    Viktor Orbánning 16 yillik hokimiyati tugadi va "saylov avtokratiyasi" deb tanqid qilingan tizim parchalandi.

    'Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi'ning rasmi

    Dunyo 13.04.2026 04:01

    Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi

    Eron atrofidagi keskinlik va Hormuz bo‘g‘ozidagi xatarlar Seulni yangi energiya manbalarini izlashga majbur qilmoqda.

    'Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 16:58

    Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi

    Uning ovozi 1970–80-yillarda hind kinosi musiqasining eng mashhur va ta'sirli belgilaridan biri bo'lib, Bollivud saundtreklarining shakllanishiga katta hissa qo'shgan.

    'Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 11:44

    Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi

    Saudiya Arabistoni asosiy neft quvuri hujumlardan so‘ng to‘liq quvvatda ishlashga qaytganini ma’lum qildi.