AsosiyJinoyat

Surxondaryoda ona va bola o‘ldirilib ketildi

Marhumaning yana 2 nafar qiz farzandi bosh sohasidan olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

'Surxondaryoda ona va bola o‘ldirilib ketildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida ona-bola o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 15 fevral kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqaro Sh.E. (ayol kishi) tungi soat 03:39 atrofida "102" raqamiga murojaat qilib, unda qo‘shnisi M.R.ning (ayol kishi) yashash xonadonida yong‘in bo‘layotganligini ma’lum qilgan. 

Mazkur xabarga ko‘ra tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borganida, fuqaro M.R. (ayol kishi) va uning voyaga yetmagan farzandi O.H.ning (o‘g‘il bola) bosh qismidan olgan tan jarohatlari bilan murdalari topilgan. Shuningdek, bosh sohasidan olgan tan jarohati bilan voyaga yetmagan M.H. va Z.H. (qiz bola) Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qism "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 15:36

    Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

    Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi'ning rasmi

    Jinoyat 29.12.2025 10:35

    Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi

    Shahar politsiyasi Yangi yil arafasida hazilomuz aksiya o‘tkazib, mashhur kino qahramonini "topgan"larga 10 ming dollar mukofot va’da qildi.

    'Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.12.2025 03:58

    Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi

    Ko'mir ombori rahbarligiga tayinlash va vagonlar sonini oshirishni va'da qilgan amaldor 40 ming dollar talab qilgan.

    'Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди'ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 14:57

    Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди

    Mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.