Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi qurilish ishlari ketayotgan bino zinapoyasidan yig‘ilgan erkak vafot etdi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura xabar qildi.
Voqea 2025 yil 17 fevral kuni sodir bo‘lgan. 1974 yilda tug‘ilgan erkak Askiya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib binoning yerto‘la qismiga tushib ketgan va shu joyning o‘zida vafot etgan.
Tekshirish harakatlari boshlangan.
"Burgut" Telegram kanalining yozishicha, holat qurilish maydonida sodir bo‘lgan.