AsosiyJamiyat

Toshkentda norqotik tarqatgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda norqotik tarqatgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, xodimlar tomonidan Artyom ismli shaxs tekshirilganda, uning cho‘ntagidan 20 dona qora yelimga o‘ralgan “gashish” topilgan. Telefoni ko‘zdan kechirilganda esa yana 14 ta manzilda berkitilgan giyohvandlik moddalarining lokatsiyalari aniqlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchining yashash xonadonidan 28 dona ko‘k va 9 dona qora yelimga qadoqlangan giyohvandlik moddalari, elektron tarozi hamda boshqa buyumlar topilgan.

Uning aytishicha, ushlangan paytida yonida 20 gramm giyohvandlik moddasi bo‘lgan, keyinchalik uyidan ham topilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar