AsosiyJamiyat

Fuqarolarga nega banklar tomonidan plastik kartalari haqida SMS yuborilmoqda?

Markaziy bank holatga oydinlik kiritdi.

'Fuqarolarga nega banklar tomonidan plastik kartalari haqida SMS yuborilmoqda?'ning rasmi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Markaziy bank izoh berdi.

Unga ko‘ra, ushbu SMS xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.

«SMS xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib chiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan», — deyiladi Markaziy bank bayonotida.

Shuningdek, fuqarolar SMS xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bog‘liq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya qilingan.

Bundan tashqari, an’anaviy usulda bank kartasi ochishdan tashqari fuqarolar nomiga bank kartalari firibgarlar tomonidan bank mobil ilovalaridagi fuqaro shaxsiy kabineti egallanishi oqibatida yoki fuqaroning o‘zi bank mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar