Xitoyda ko‘rshapalaklarda COVID-19'ga o‘xshash yangi koronavirus aniqlandi. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni “South China Morning Post” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, virus HKU5 koronavirusining yangi avlodi bo‘lib, Gonkongda ko‘rshapalaklar turi bo‘lgan yapon pipistrellesida aniqlangan. Qayd etilishicha, ko‘rshapalak namunalaridan ajratilgan virus odamlar uchun yuqumli bo‘lishi mumkin.
“Ko‘rshapalak merbekoviruslari odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki oraliq xostlar orqali tarqalishining xavfi yuqori”, deyiladi hisobotda.
Aniqlik kiritilishicha, virus hozircha tarqalishi kutilmayapti, biroq “to‘liqroq tadqiqotlar” o‘tkazilishi kerak.