AsosiyJamiyat

Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi

Prezident tayinlovni amalga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

'Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Behzod Saylixonovich Hamrayev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Shu munosabat bilan Behzod Hamrayev O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Behzod Hamraev bu lavozimda 2020 yilning yanvar oyidan beri ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar