Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanadi) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-11° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.