Bu muammo o‘sha vaqtda ishlaganligingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.
Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz kerak bo‘ladi.
Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan bo‘shaganingizda doimo tashkilotning kadrlar bo‘yicha xodimidan ma’lumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida to‘liq raqamlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oling.