Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik va belaruslik sportchilarni qabul qilishga chaqirmoqda.
Bir qator yirik qishki sport turlarida rossiyalik va belaruslik sportchilar qatnashuviga qarshi qo‘yilgan taqiqlar hamon saqlaniqb qolmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi hamda va Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq muammolar tufayli kiritilgan sanksiyalar doirasida shunday taqiqlar qo‘yilgan edi.
Biroq, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) qishki sport federatsiyalarga murojaat qilib, ularni musobaqalarga qo‘yishga chaqirmoqda, chunki bu sportchilar kelasi yilgi qishki Olimpiadaga yo‘llanma olishi uchun muhim hisoblanadi.
“Ular bu masalada qattiq turishmoqda”, — deydi xalqaro biatlon federatsiyasidagi manba.
Rossiya Ukrainaga to‘liq masshtabdagi hujum boshlaganidan beri uch yildan oshiq vaqt o‘tdi. Shundan beri, rossiyalik sportchilar biatlon, tog‘ chang‘isi, shiddatli chang‘i poygalari hamda xalqaro xokkey federatsiyasi kabi yirik sport tashkilotlari musobaqalaridan chetlatilgan. Bu esa, agar vaziyat o‘zgarmasa, Rossiya va Belarus sportchilari 2026 yilgi qishki Olimpiadada ishtirok etmasligiga olib kelishi mumkin.
2024 yil Parijda o‘tgan yozgi Olimpiadada 15 nafar rossiyalik sportchi neytral bayroq ostida qatnashgan edi. XOQ bu modelni 2026 yilgi qishki Olimpiadada ham qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Biroq buning uchun rossiyalik va belaruslik sportchilar o‘z sport federatsiyalari orqali saralash musobaqalarida ishtirok etishi shart. Shu sababli, XOQ xalqaro biatlon federatsiyasi (IBU) va xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
“Ular hech kimni majburlayotgani yo‘q, lekin juda aniq tarzda neytral sportchilar ishtirok etishi shartligini ta’kidlashmoqda”, — deydi manba.
“XOQ bu masalani hal qilishni juda istayapti va federatsiyalar yaqin orada neytral sportchilarga Olimpiadaga yo‘llanma olish imkonini berishlarini umid qilmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi manba.
XOQ o‘z muzokaralarida Parij-2024 yozgi Olimpiadasini muvaffaqiyatli tajriba sifatida keltirgan. Xalqaro biatlon federatsiyasi prezidenti Olle Dalin buni tasdiqladi:
“XOQ Milan-Kortina Olimpiadasi uchun shunday yondashuv bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq hozircha Rossiya va Belarus hali ham a’zolikdan chetlatilgan, shuning uchun bu masala biz uchun muhokama mavzusi emas”, — degan Milan-Kortina.
SVT Sport XOQ rahbariyatini intervyu berishga chaqirdi, lekin ular vaqt tanqisligini sabab qilib, izoh berishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, Qo‘mita o‘z yozma bayonotida Parij-2024 neytral sportchilar uchun muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlab, 2026 yilgi Olimpiada uchun ham shuga muqobil va tegishli qarorlar qabul qilinishi haqida ma’lum qildi.
Abdulloh Sayyid