AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida munosib ish haqi to`lanadigan 80 mingta yangi ish o`rni tashkil etilishi lozim

Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida ma`lum qilgandi.

Toshkent shahrini kelgusi besh yilda rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan iqtisodiy dasturda, birinchi galda, rivojlangan megapolislarga xos bo`lgan, yuqori texnologiyaga asoslangan, dunyo bozorida raqobatdosh sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko`rsatishni tashkil etish va axborot infratuzilmasini rivojlantirish hisobidan iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolish nazarda tutilgan.

“Bu borada yangi ish o`rinlarini yaratish eng ustuvor vazifamiz bo`lib qoladi. Hisob-kitoblarga ko`ra, Toshkent shahrida kollejlar, akademik liseylar, oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilari va ishga muhtoj aholi uchun munosib ish haqi to`lanadigan qariyb 80 ming yangi ish o`rinlari tashkil etishimiz lozim”, dedi O`zbekiston rahbari.

Boshqa yangiliklar