AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi

Harorat 5 daraja sovuqqacha pasayadi.

'Bugun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat  0-5° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar