Los-Anjelesda Oskar mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda "Anora" filmi 5 ta haykalchani qo‘lga kiritdi.
Film rejissyori Shon Beyker “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, bosh rol ijrochisi Mayki Medison esa yilning eng yaxshi aktrisasi deb topildi.
Bundan tashqari, “Anora” “Eng yaxshi montaj” va “Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mukofotning asosiy g‘oliblari:
“Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” – "Anora";
“Eng yaxshi aktyor” – Edrian Broudi, "Brutalist";
“Eng yaxshi aktrisa” – Mayki Medison, "Anora";
“Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli” – Kiran Kalkin, “Haqiqiy og‘riq”;
“Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol roli” – Zoi Saldana, “Emiliya Peres”;
“Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi montaj” – Shon Beyker, "Anora";
“Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film” – "Oqim";
“Eng yaxshi grim va soch turmaklari” – "Substansiya";
“Eng yaxshi hujjatli film” – “Boshqa yer yo‘q”.