Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze 4 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Uni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgani haqida avval xabar qilingan edi.