AsosiyJamiyat

Prezident Gruziya Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Gruziya bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi.

'Prezident Gruziya Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi ko‘paydi. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yo‘nalishda o‘tgan yili Tbilisi shahrida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Suhbatda shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishining yakunlari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, eksport va import mutanosibligini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklik va almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida kelgusida O‘zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Milliy gvardiyada katta leytenant va podpolkovnik pora olgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:04

    Milliy gvardiyada katta leytenant va podpolkovnik pora olgan vaqtida ushlandi

    Ular fuqarolarni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.

    'Joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi ko‘chmas mulklar ommaviy baholashdan o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    'Ertadan metan zapravkalar bosqichma-bosqich ochiladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2025 20:20

    Ertadan metan zapravkalar bosqichma-bosqich ochiladi

    Energetika vazirligi ochilish ertaga Soat 9:00 dan boshlanishini ma’lum qiladi.

    'Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2025 18:43

    Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi

    026 yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

    'Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2025 18:40

    Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi

    Qonun bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    'Bugundan O‘zbekistonda harorat sezilarli ko‘tarila boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2025 08:00

    Bugundan O‘zbekistonda harorat sezilarli ko‘tarila boshlaydi

    Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.