AsosiyDunyo

Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — JSST

Yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinyapti.

'Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — JSST'ning rasmi

Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi ma’lum. Xuddi shunday, musiqa tinglashda ham me’yoriy detsibel ko‘rsatkichlari mavjud. 

Ammo ko‘pchilik yoshlar bu tavsiyalarga deyarli amal qilayotgani yo‘q. Shu tufayli hozir sayyoramiz bo‘yicha 1 milliard nafardan ziyod yigit-qizlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida.

Xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichev bayonotiga ko‘ra, 2050 yilga borib, 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar ma’lum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi mumkin. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Shuningdek, yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinyapti. 

JSST vakilining fikricha, eshitish qobiliyati buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarning 60 foizdan ortig‘ini birlamchi bosqichda davolash imkoniyati bor. Eng samarali chora esa xastalikning oldini olishdir. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30