AsosiyDunyo

Tibet mastifi dunyoning eng qimmatbaho iti deb tan olindi

Insoniyatning itlarga bo`lgan munosabati har doim o`zgarib turadi, deb xabar berdi “Rrikolno.cc” nashri.

Yaqin kunlargacha urushqoq, jangari itlar qadrlangan bo`lsa, endi esa o`yinchoqni eslatuvchi itlarni boqish urfga kirdi. Shunga qaramay, Hong Dong  laqabli bahaybat it dunyoning eng it qimmatbaho iti, deb tan olindi. Uning xitoylik multimillioner, ko`mir magnati 1,5 million dollarga sotib oldi.

It auksionga qo`yilib, rekord narxda sotildi. Uni sotib olgan multimillioner uyga olib kelish uchun qo`riqchilar xizmatidan foydalandi. Hozirda uning egasi it olib kelishi mumkin bo`lgan daromadni hisoblamoqda. Chunki it boquvchilar uning bolalarini ko`paytirish ishtiyoqidadir, buning uchun ulardan atigi 15 ming dollar talab qilinadi.

Tibet mastifi zotiga tegishli itlar Xitoyda juda qadrlanadi. Chunki aynan ularga Tibet monastirlarini qo`riqlash, Himolay ko`chmanchilariga yordam berish vazifasi yuklangan. Hong Dong ni sotib olgan multimillioner matbuot va ta`qib qiluvchilar uchun eng zo`r nishonga aylandi. Shuning uchun uning nomi hozircha oshkor etilmayapti.

Qimmatbaho kuchukning hozirda bo`yi bir metrdan baland bo`lib, vazni 80 kilogrammni tashkil etadi. Itni sotgan Lu Lyan uning yangi sohibiga ovqat masalasida juda ehtiyot bo`lishni maslahat berdi. It yangi uyga ko`chib o`tgunga qadar har kuni toza mol va tovuq go`shti, dengiz mahsulotlarini iste`mol qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar