Etti marotaba Olimpiada musobaqalarida ishtirok etgani bilan mashhur bo`lgan gimnastikachi Oksana Chusovitina mingan samolyotning barcha yo`lovchilari evakuasiya qilindi, deb xabar berdi “Tass.ru.sport” nashri.
O`zbek gimnastikachisi Oksana Chusovitina Nyu-York aeroportiga majburiy qo`nishni amalga oshirgan samolyot yo`lovchilari orasida edi. Uch karra jahon chempioni bo`lgan Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida yashovchi murabbiysi Svetlana Boginskayaning oldidan Germaniyaning Frankfurt-na-Mayn shahri tomon yo`l olgandi.
“Parvoz vaqtida samolyotga portlovchi modda qo`yilgani haqida xabar berildi, – deydi gimnastikachi. – Biz endigina Nyu-York shahri ustidan uchib o`tgandik, bu xabardan 10 daqiqa o`tgach, samolyot orqaga qaytib, Nyu-Yorkka qo`ndi. Barcha yo`lovchilar evakuasiya qilinib, reys bekor qilindi. Endi ertaga uchish mumkinligi haqida ogohlantirildik”.
Oksana Chusovitina etti marotaba Olimpiada musobaqalarida ishtirok etib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan yagona sportchi hisoblanadi. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda o`tkazilgan 56 kunlik Olimpiada musobaqalarida 41 yoshga to`lganiga qaramay, ishtiroki bilan barchani hayratga soldi.