Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Tbilisi Grand Slam – 2025” xalqaro turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Dunyoning 52 davlatidan kelgan 385 nafar polvonlar bahs olib borayotgan mazkur musobaqaning ilk kunida Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfulloyev -66 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda bronza medaliga ega chiqdi.
Mazkur medal uchun o‘tgan raqobatda Azizbek ozarbayjonlik Rashad Yelkiyevni, Abdurahim esa mezbonlar vakili Lasha Nadiradzeni taslim etdi.
Bugun, 22 mart kuni quyidagi dzyudochilarimiz medallar uchun bahs olib boradi:
-73 kg: Obidxon Nomonov — Ahmadzod Masudi (Tojikiston)/Andreu Kiprianos (Kipr)
-81 kg: Suxrob Tursunov — Erjan Kanatbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva — Aviti Alkaraz (Meksika)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Iren Pedrotti (Italiya)