AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarida  yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda  kuchli bo‘ladi. Valand tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar