AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar boshlanib, harorat pasayib boradi

O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

'O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar boshlanib, harorat pasayib boradi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ryespublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

24 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlariga nam havo massalari tarqaldi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 12-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Ish haftasining oxirigacha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, faqat 26-28 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari 4-6 daraja iliqni, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) , 24-25 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

24-25 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda: 24 martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 

10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

25 martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

26-27 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 4-6 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar