AsosiyDunyo

Tolyattilik ayol sovuqni his qilmay, qishni yozgi kiyimda o`tkazadi

OAVlarda o`zining g`ayritabiiy xislati bilan mashhur bo`lgan Rossiyaning Tolyatti shahrida yashovchi Galina Kuterepovani hamshaharlari Qorqiz deb atashadi, deb xabar berdi “Smootrim.ru” nashri.

Hamma gap shundaki, Galina umuman sovuqni his qilmaydi. U qahraton qishda ham o`zini engil, yozgi kiyimda qulay his qiladi. Mana 10 yildirki Galina qishki, qalin kiyimsiz va engil, yozgi oyoq kiyimda qishni o`tkazadi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qishning ayozli kunlarida o`zgi kiyimda sayr qilib yurgan suratlarini tinimsiz joylashtirib boradi.

“Mening qishda etik kiymay, yalang oyoq, yozgi poyafzalda yurganimni ko`rgan aksariyat odamlar oyog`i sovqotyapti, deb o`ylashadi. Aslida yalang oyoq ravishda qor kechsam ham sovuqni his qilmayman. Qor oyoqlarimda erib ketadi. Qishda ham engil kiyimda yurganimdan keyin eshitish, hid bilish, ko`rish qobiliyatim kuchaydi. Ko`zoynak taqmaydigan bo`ldim. Xotiram ham yaxshilandi”, deydi Galina.

“Qorqiz” bundan 10 yil ilgari  chiniqish maqsadida sovuq kunlarda engil kiyimda yurgan, bora-bora esa umuman qishqi kiyimlardan voz kechdi. Galina Kuterepova hozirda 54 yoshga to`lgan, Tolyatti shahridagi bolalar bog`chasida tarbiyachining yordamchisi vazifasida ishlaydi.

“Engil kiyimda yurganim bilan qishda sovqotmayman, yozda esa isib ketmayman. Hamma charchasa ham men charchashni bilmayman, dam olishim shart emas.Organizmim charchoq nimaligini his qilmaydi”, deydi Galina Kuterepova.

Boshqa yangiliklar