Buyuk Britaniyada hech kim foydalanmaydigan poezd yo`nalishlari ham mavjud, ular “arvoh poezdlar” deb ataladi, deya xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Temiryo`l transporti sohasi eksperti Mark Smitning ma`lumot berishicha, “arvoh” poezdlardan voz kechish kompaniya uchun o`ta zarar ekan. Chunki bunday yo`nalishli poezdlar qatnovini rasman bekor qilish uchun katta mablag` talab etiladi. Shuning uchun temiryo`l xodimlariga yo`lovchisiz, faqat yolg`iz mashinisti bo`lgan poezdlar qatnovi arzonga tushadi. Ular yuradigan masofa ham uzoq emas, masalan, Stalibrijdan Manchestrga qatnaydigan poezd bor-yo`g`i 13 kilometr yo`l bosadi.
Ba`zan bunday poezdlarda sayr qilishni istovchi odamlar ham topiladi, ular “arvoh poezdlar”ning yagona yo`lovchisiga aylanadi.