O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.