O‘zbekiston Ceoworld Magazine jurnalining sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha mamlakatlar reytingida dunyodagi 110 ta davlat orasida 36,26 indeks bilan 64-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Ranking.
Indeks 100 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi shunchalik yaxshi deb hisoblanadi.
MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston ro‘yxatning o‘rtasidan joy oldi:
- Rossiya (42-o‘rin);
- Ozarbayjon (57-o‘rin);
- Belarus (61-o‘rin);
- O‘zbekiston (64-o‘rin);
- Ukraina (76-o‘rin);
- Qozog‘iston (78-o‘rin);
- Turkmaniston (95-o‘rin).
Tayvan, Janubiy Koreya va Avstraliya sog‘liqni saqlash tizimlari eng yaxshi deb tan olindi, Salvador, Gonduras va Nepal sog‘liqni saqlash tizimlari esa — eng yomoni deb.
Sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha indeks
Ushbu indeks sog‘liqni saqlash tizimi umumiy sifatining statistik tahlilini o‘z ichiga oladi. Jumladan, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi, tibbiyot mutaxassislarining (shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlari) malakasi; tibbiy xizmatlar narxi (jon boshiga AQSH dollarida), sifatli dori vositalarini olish imkoniyati va hukumatning bu boradagi ishlarda qanchalik tayyorligi inobatga olinadi. Atrof-muhit holati, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi kabi boshqa omillar ham hisobga olinadi.