AsosiyJinoyat

Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX tomonidan Bo‘stonliq tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi.

'Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1980 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda, mazkur tuman hokimligi tomonidan bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan shirkatning 2 nafar a’zosiga dalahovli qurish maqsadida ajratib berilgan 20 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, o‘zini go‘yoki ushbu yer uchastkasining egasi deb tanishtirgan, 1964 y.t. fuqaro ham yer maydoninixaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga ushbu 230 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Bo‘stonliq tumanida qayd etilgan yana bir holatda, 1996 y.t. shaxs o‘zining qarindoshiga tuman hokimligining 2008 yildagi qaroriga asosan Chirchiq daryosining muhofaza zonasidanobodonlashtirish hamda qayiqlar to‘xtash joyi barpo etish uchun ajratib berilgan 36 sotix yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shuningdek, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, jami 160 ming AQSH dollariolgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, unga Bo‘stonliq tumanida joylashgan va 8 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 72,6 sotix noturar yer maydonininghar bir sotixini 14.900 AQSH dollaridan hisoblab, jami 1 mln. 81 ming 740 AQSH dollariga sotishga kelishishadi.

Shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ushbu yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli uy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 110 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar