AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik To`rabek Ismoilov sambo bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

O`zbekistonlik yosh sambochi To`rabek Ismoilov Kiprning Limasol shahrida davom etayotgan sambo bo`yicha kadetlar o`rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

To`rabek 72 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar o`rtasida tengsiz ekanini namoyish etdi. U musobaqa finalida rossiyalik Andrey Veselovni mag`lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo`ldi. A.Veselov kumush medalni qo`lga kiritdi, gruziyalik Otar Soziashvili va belaruslik Dzianis Barkaves bronza medal bilan taqdirlandi.

Chempionatning ikkinchi kungi bellashuvlarida Azimxon Sultaxo`jaev, Zafarbek Hamroqulov, Saidaliakbar Yusupov, Otabek Yodgorov, qizlar bahsida Komila Nurova gilamga tushadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar