AsosiyJamiyat

Bugun yog‘ingarchiliksiz, iliq havo harorati kuzatiladi

"O‘zgidromet" 30 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

'Bugun yog‘ingarchiliksiz, iliq havo harorati kuzatiladi'ning rasmi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar