AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida qurilish me’yorlariga javob bermaydigan "dom"ning qurilishi to‘xtatildi

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

'Toshkent viloyatida qurilish me’yorlariga javob bermaydigan "dom"ning qurilishi to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan yana bir obyektning qurilishi to‘xtatildi, deya xabar bermoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

Vazirlik huzuridagi nazorat inspeksiyasi KXAY yo‘lida qurilayotgan 9 qavatli uyda nazorat tadbiri o‘tkazdi. Unda obyekt loyihasiga o‘zgartirishlar kiritilgani, xususan, ichki g‘isht terish jarayonlarida loyiha talablariga amal qilinmagani, ayrim joylarda gazoblok o‘rniga g‘isht ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiya mutaxassisi Hikmatilla Sa’dullayevning aytishicha, bu bino uchun kelgusida zilzilaviy holatlarda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, binoga noqonuniy tarzda qo‘shimcha qavat qo‘shilgani aniqlangan va uni demontaj qilish ishlari boshlangan.

Holatlar yakuni bo‘yicha barcha qurilish ishlari joyida to‘xtatildi. Loyiha talablariga zid ravishda bajarilgan ishlarni buzdirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi va jarayon boshlandi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar