Yevropa Ittifoqi Myanmada zilziladan jabr ko‘rgan kishilarga birlamchi, favqulodda yordam ko‘rsatish maqsadida 2,5 million yevro ajratmoqda, deyiladi 28 mart, juma kuni Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan press-relizda.
"Ushbu yangi insonparvarlik yordami Myanmadagi eng zaif odamlarning hayotini saqlab qolish va shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi, ayniqsa ko‘chirilgan odamlar va mojarolardan jabr ko‘rganlarga e’tibor qaratiladi", deyiladi hujjatda.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi zilzila ta’sirini baholashga yordam berish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh xizmatini ishga tushirgani xabar qilingan. "Yevropa komissiyasi gumanitar hamkorlar bilan birgalikda YEIning keyingi yordamini safarbar qilish maqsadida vaziyat va ehtiyojlarni joyida baholamoqda", — deya xabar qildi Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati.
Mablag‘larning joriy ajratilishi hisobga olinsa, 2025 yilda Myanmaga YEI insonparvarlik yordamini moliyalashtirishning umumiy miqdori 35 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi, deyiladi hisobotda. 1994 yilda Yevropa Ittifoqi Myanmaga gumanitar yordam ko‘rsatishni boshlaganidan beri umumiy mablag‘ 446 million yevroga yetdi.