Andijon viloyati Izboskan tumani "Mirzo Ulug‘bek" MFY hududida joylashgan "Ahmadali Xoji" jome’ masjidida havo-gaz aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Xabarga asosan, viloyat FVB rahbariyati va mas’ullar hodisa joyiga yetib borgan, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Vazirlik hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini qayd etgan.
Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, portlash sabab masjid tahoratxonasi qulab tushgan.