Bu fotosuratlar o`zining badiiyligi , bahosi bilan emas, balki biror dolzarb muammoni ifodalagani bilan qadrlidir, deydi “1news.az” nashri.
Quyida sizni yilning eng mashhur fotosuratlari bilan tanishtiramiz.
AQSh prezidenti Barak Obama Argentinada bo`lib o`tgan rasmiy qabulda professional raqqosa bilan tangoga raqsga tushdi. Obama raqqosaning taklifini avvaliga rad etgan bo`lsa-da, keyin uning taklifini qabul qilib, birga raqsga tushdi. 23 mart.
Suratda Afinada o`tkazilgan norozilik namoyishida grek fermeri tekinga tarqatgan mandarinlarni olayotgan qariya tasvirlangan. O`shanda grek fermerlari hukumatga qarshi soliqlarni kamaytirishni talab qilib, norozilik namoyishi o`tkazgan edi. 27 yanvar.
AQShning Ayove shtatida Xillari Klintonning tarafdorlari uning saylovoldi dasturini tinglashga yig`ildi. 4 yanvar.
Fermer Parijda o`tkazilgan qishloq xo`jalik ko`rgazmasida uxlab qoldi. 29 fevral.
Istambulning Fotih machiti yonida ro`y bergan terrorchilik hujumi paytida halok bo`lgan polisiyachilarni dafn etish marosimida yig`layotgan faxriy qorovulning ko`z yoshlarini artayotgan ayol. 8 iyun.
Gavanada eski avtomobil ortiga osilib olgan o`smirlar. 19 mart.
Tokiolik biznesmen olchaning gullashini tomosha qilmoqda. 1 aprel.
Keniya polisiyachilari hukumatdan ta`limning pulini kamaytirishni talab qilayotgan nayrobilik talabaga hujum qilmoqda. 16 may.
Hindistonning Ahmadobod shahrida yashovchi ayol qarovchisi bo`lmagani bois ishga ketishdan oldin bolasini bog`lab ketishga majburdir. Qizcha yig`lasa-da, onaning boshqa iloji yo`q. U oilaning yolg`iz boquvchisi bo`lgani tufayli qurilishda ertadan kechgacha, 250 rupiya uchun mehnat qiladi. 19 aprel.
Murabbiy maktablararo o`tkaziladigan gimnastika musobaqasida qatnashadigan qizni tinchlantirmoqda. 4 may.
Suriyalik ayol Latakiya qishlog`ida chegaradan o`tishga ruxsat berishlarini kutmoqda. 7 fevral.
“Azov” ukrain bataloni jangchisi va fuqarolik korpusi faollari Sharqiy Ukrainada bo`lib o`tgan saylovga qarshi norozilik namoyishini o`tkazmoqdalar. Kiev, 20 may.
Mumbayda dengiz bo`yida chaykalarni boqayotgan erkak. Hindiston. 9 fevral.
Isroil qidiruv-qutqaruv brigadasi harbiylari Ben Shemen o`rmonidagi o`quv mashqlarida. 23 may.
Minglab odamlar AQShda Muhammad Alining dafn marosimiga yig`ilib, mashhur bokschi bilan yig`lab vidolashdi.
AQSh Harbiy dengiz kuchlari dengizchilari Nyu-Yorkda o`tkazilgan flot haftaligi kunlarida Tayms-skverda sayr qilmoqda. 25 may.
Tereza Mey Buyuk Britaniya qirolichasi Elizavet II huzurida. O`sha kuni qirolicha Meyga bosh vazir bo`lish taklifini berdi. 13 iyul.
Nissada 14 iyulda qurbon bo`lganlarning jasadi. O`sha kuni Bastiliyaning ozod bo`lganini bayram qilayotgan odamlarni yuk mashinasi bosib ketdi, oqibatda 86 kishi halok bo`ldi, 308 nafar odam yaralandi.
Paralimpiya chempioni Oskar Pistorius sud jarayonida oyoq protezlarini echdi. Iyul oyida Pretoriya sudi uni do`stini otib o`ldirishda ayblab, 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Ermolaev nomli kadetlar maktabi talabasi Stavropolda parashyutdan sakramoqda.13 may.
Demokratlar Barak Obama va Xillari Klinton Filadelfiyada bo`lib o`tgan Milliy demokratik konvensiyadagi so`zlangan nutqdan keyin olingan surat. Obama Klinton saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan edi. U rafiqasi bilan fuqarolarni Xillari Klintonga ovoz berishga chaqirdi.
Rim Papasi Osvensim mahbuslar lageriga tashrif buyurdi. Konslagerning tepasiga “Mehnat odamni ozod qiladi”, deb yozilgan shior ilingan. 29 iyul.
Xillari Klintonning qo`riqchilari sahnaga chiqmoqchi bo`lgan odamning yo`lini to`sdi. Ayove, 10 avgust.
AQSh Harbiy havo kuchlari Akademiyasida bitiruv kechasi. 2 iyun.
Buyuk Britanya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning Evroittifoqdan chiqishi oldidan o`tkaziladigan referendumdan ikki kun ilgari. 21 iyun.
69 yoshda jigar saratonidan vafot etgan Devid Bouini xotirlash uchun muxlisasi elkasiga uning tatuirovkasini chizdirdi. 10 yanvar.
Elizaveta II ning 90 yillik tavalludini nishonlashda hushidan ketgan gvardiyachi. 11 iyun.
Yangi yil kuni bo`layotgan mushakbozlikdan mashina ichiga yashirinib olgan xitoylik oila. 7 fevral.
Facebook bosh direktori Mark Sukerberg Berlinda Aksel Shpringer mukofotini topshirayotganda virtual ko`zoynaklarning imkoniyatlarini namoyish qilmoqda. 25 fevral.
Axlatga to`lib-toshgan Livan. Beyrut, 23 fevral.
AQSh prezidentiligiga nomzodi qo`yilgan Xillari Klinton va sobiq prezident Bill Klintonlar Manchestrdagi kichik restoranlardan birida nonushta qilmoqda. 8 fevral.
Gollivuddagi Shon-shuhrat alleyasidagi Donald Trampning uning nomzodiga qarshi bo`lgan odamlar tomonidan taxqirlangan yulduzi. 26 oktyabr.